Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Soliq qo‘mitasi

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

«Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi Hukumatga kiritilishidan oldin amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda regulation.gov.uz portali orqali jamoatchilik fikr-mulohazasini oʻrganish va takliflarini olish uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi”, deyiladi xabarda.

Jamoatchilik muhokamalari (tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalari) asosida loyiha toʻliq qayta koʻrib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, qonun loyihasida ko‘zda turilgan ko‘chmas mulk va avtomobillar bilan operatsiyalarni naqd pulsiz shaklga o‘tkazish, naqd puldagi toʻlovlar uchun keshbek berish bekor bo‘lishi haqidagi xabarlar jamoatchilikning ko‘plab muhokamalariga sabab bo‘layotgan edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda kvartira uchun minimal to‘lov miqdori tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek