2-may kuni respublikada iliq ob-havo bo‘ladi
eʼlon qilindi
O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Bugun, 2-may kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, aksincha quruq va iliq ob-havo bo‘ladi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati kunduzi 27-32 darajagacha ko‘tariladi va kechasi 12-17 iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».
Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 25-27 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 10-12 iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 11-16 daraja iliq va kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.