“Aloqabank”ning daromadi 40 milliard soʻmdan 15 milliard soʻmga qisqardi
eʼlon qilindi
Bu haqda bankning moliyaviy hisobotida ma'lum qilindi
«Aloqabank»ning birinchi chorakdagi sof foydasi 15 mlrd soʻmni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2023-yilning yanvar-mart oylarida bu koʻrsatkich 40,1 milliard soʻm bo‘lgan edi.
Joriy yilning birinchi choragida bankning ustav kapitali 1,2 trillion soʻmga baholandi. Oʻtgan yili esa 1 trillion soʻmni tashkil qilgan edi.
2024-yilning aprel oyi boshida «Aloqabank» Oʻzbekistondagi yirik banklarning faollik reytingida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Eslatib oʻtamiz, bank aksiyalari kelgusi yil boshigacha IPOga chiqariladi.
Avvalroq Kursiv «Ipak yoʻli» banki joriy yilning yanvar-mart oylarini 232,4 milliard soʻm foyda bilan yakunlagani haqida xabar bergan edi.