«Aloqabank»ning birinchi chorakdagi sof foydasi 15 mlrd soʻmni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2023-yilning yanvar-mart oylarida bu koʻrsatkich 40,1 milliard soʻm bo‘lgan edi.
Joriy yilning birinchi choragida bankning ustav kapitali 1,2 trillion soʻmga baholandi. Oʻtgan yili esa 1 trillion soʻmni tashkil qilgan edi.
2024-yilning aprel oyi boshida «Aloqabank» Oʻzbekistondagi yirik banklarning faollik reytingida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Eslatib oʻtamiz, bank aksiyalari kelgusi yil boshigacha IPOga chiqariladi.
Avvalroq Kursiv «Ipak yoʻli» banki joriy yilning yanvar-mart oylarini 232,4 milliard soʻm foyda bilan yakunlagani haqida xabar bergan edi.