Bozordagi vaziyat: kriptovalyutalar narxi pasaymoqda
Bugun, 2-may kuni jahon bozorlarida kriptovalyutalar arzonlashishi davom etmoqda. Unga koʻra, hafta davomida Bitkoin 11,36 foizga tushib, $57 273 ni tashkil qildi, deb xabar bermoqda «Trading» iqtisod portali.
Shuningdek, xuddi shu davrda Ethereum narxi 8,16 foizga arzonlashib, $2914 ga tushdi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida J&J (4,59%), Meta (2,18%), Amazon (1,51%), 3M (1,41%), Nvidia (1,34%) va Microsoft (1,29%) qimmatli qogʻozlari oʻsishi kuzatildi. Exxon Mobil (1,75%) va Tesla (1,59%) kompaniyalari aksiyalari esa pasaydi.
Neft bozorida narxlar oshib bormoqda: Brent bir barrelining narxi kuniga 0,40 foizga oshib, $83,7 ni tashkil qildi. WTI narxi esa $79,3 (0,39 foizga oshgan).
Avvalroq «Kursiv» mart oyida Bitkoin narxi yangi tarixiy rekordga yetgani haqida xabar bergan edi.