O‘zbekistonda pullik yo‘llar qurilishida yana ikki kompaniya ishtirok etadi
eʼlon qilindi
O‘zR Transport vazirligida biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bir kun avval O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda «Sojitz» va «Ronesans» kompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat-xususiy sheriklik loyihalari muhokama qilindi.
Tadbirda «Sojitz» nomidan Yevropa filiali bosh menejeri Machida Yasuhide, «Ronesans» nomidan esa kompaniya boshqaruvi raisi Djem Ozoguz tadbirda ishtirok etdi.
Kompaniyalar vakillari O‘zbekistonda pullik yo‘llar qurish loyihalariga qiziqish bildirishdi.
Avvalroq «Kursiv» Pekindagi Olimpiya stadioni ijodkorlari O‘zbekistonda pullik yo‘llar qurishni rejalashtirishgani haqida yozgan edi.