Yangiliklar

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga $60 milliarddan ortiq xorijiy investitsiya kiritildi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda $60 milliarddan ortiq xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida soʻzlagan nutqida ma’lum qildi.

Shuningdek, mamlakatning ijtimoiy va infratuzilma tarmoqlariga xalqaro moliya institutlarining $14 milliarddan ortiq mablagʻlari jalb etildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini sezilarli darajada yaxshilash boʻyicha keskin choralar koʻrildi.

«Soʻnggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar oʻsdi. Oʻtgan yil yakuni boʻyicha bu oʻsish 6 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi koʻrsatkichlari muttasil oshmoqda. Valyuta bozori va oltin-valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda», dedi davlatimiz rahbari.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda xorijiy investorlar aksiyalardan dividendlar boʻyicha olinadigan soliqdan ozod etilgani haqida xabar bergan edi.