«Asakabank»ning foydasi 65,6 mlrd so‘m
«Asakabank» 2024-yilning birinchi choragini 65,6 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunladi. Bu haqda korporativ axborot portalida aytiladi.
O‘tgan yilning yanvar-mart oylaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 175,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Bugungi kunda «Asakabank»ning ustav kapitalidagi ulushning 87,8 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga, 10 foizi Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga, qolgan 2,2 foizi turli aksiyadorlarga tegishli.
Joriy yilning may oyi boshida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va O‘zR Iqtisodiyot vazirligi o‘rtasida «Asakabank»ni xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida bitim imzolangan edi.
Jahon moliya instituti tavsiyalar va texnik yordam ko‘rinishida yordam beradi. YeTTB bank kapitaliga ham sarmoya kiritishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston 2025-yil oxirigacha strategik xorijiy investorlarga uchta bankni sotishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.