Bozordagi vaziyat: bug‘doy narxi pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Qimmatbaho metallar va neft qimmatlashmoqda
Rasm: Unsplash

Qulay ob-havo prognozi va g‘alla yig‘im-terimidan xavotirlar yo‘qligi sababli global bug‘doy narxi pasayishda davom etmoqda. Kun davomida fyucherslar narxi 1,82 foizga pasaydi. Juma kuni ertalab Toshkent vaqti bilan bir bushel bug‘doy narxi $5,8 arzonroq, deb xabar berdi «Trading economics».

Juma kuni neft narxi o‘rtacha darajada ko‘tarilmoqda. Brent markali neftning bir barreli $83,8 (kuniga +0,17 foiz), WTI $79,2 (+0,28 foiz) turadi. Gaz biroz arzonlashdi (-0,89 foizga).

Shuningdek, bozorlarda an’anaviy aktivlar: oltin (+0,16 foizga) va kumush (+0,19 foizga) bo‘yicha ham o‘sish kuzatilmoqda. Bir troy untsiya oltin hozirda $2307 atrofida sotilmoqda.

Birjalarda «Apple» (7,80 foizga), «J&J» (4,59 foizga) va «Nvidia» (4 foizga) aksiyalari qimmatlashmoqda.

Kecha kuni «Kursiv» 2-may kuni bozordagi vaziyat haqida yozgan edi.

Shuningdek