Humansning sof foydasi 45 foizga kamaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yalpi foyda esa 258,2 foizga o'sdi
Foto: Yandex Map

2024-yilning birinchi choragida Humansning sof foydasi 1,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,2 foizga kam.

Shu bilan birga, kompaniya aktivlari 212 milliard so‘mni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 133 foizga ko‘pdir.

Bundan tashqari, kompaniyaning o‘z kapitali 49 foizga oshib, 36 milliard so‘mga yetdi. Yalpi foyda 258,2 foizga oshib, 16,6 milliardni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» Markaziy Osiyoda eng qulay internet O‘zbekistondaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek