Yangiliklar

Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 boshlanadi
Rasm: O‘FA

Bugun, 3-may kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogi final bahsi o‘tkaziladi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Toshkent vaqti bilan soat 20:30 «Jassim Bin Hamad» stadionida hamyurtlarimiz Yaponiyaga qarshi to‘p surishadi. Mazkur oʻyinda milliy terma jamoa toʻliq oq libosda maydonga tushadi.

«Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi. Ularning oʻyinlarini tahlil qilib chiqdik. Final uchun tayyorlagan rejamiz bor va shunga asosan oʻyin koʻrsatamiz», dedi jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze.

Aytish joizki, 2-may Osiyo kubogining 3-o‘rni uchun Indoneziya – Iroq bahsi bo‘lib o‘tgan edi. Bu bahsda Iroq Indoneziya vakillari ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Iroq terma jamoasi 3-o‘rin bilan Parij Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Indoneziya esa Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Gvineyaga qarshi to‘p suradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston yarim finalda Indoneziyani mag‘lub etganini e’lon qilgan edi.