O‘zbekiston elektron tijorat bozorining aylanmasi 2027-yilga borib $1 milliardga yetishi mumkin

eʼlon qilindi
Bozor uch baravar o'sadi
Foto: depositphotos.com

O‘zbekistonda 50 dan ortiq marketpleyslar ro‘yxatdan o‘tgan. Kelgusi ikki yarim yil ichida ularning aylanmasi uch baravardan oshishi kutilmoqda, – dedi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktori o‘rinbosari Davron Maksudov.

«Hozirgi kunda O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha 50 dan ortiq marketpleyslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning yillik aylanmasi 300 million AQSh dollarini tashkil etadi. 2027-yilga kelib ularning aylanmasi 1 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda», dedi Maksudov Toshkent xalqaro investitsiya forumining «Elektron tijoratga investitsiyalar: bozor tendensiyalari va istiqbollari» panel sessiyasida.

ILMA direktori oʻrinbosarining soʻzlaridan Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi iqtibos keltirdi.

O‘zbekiston elektron tijorat bozori foydalanuvchilarning ishonchi ortib borayotgani tufayli kengayishi kutilayotgani avval xabar qilingandi.

Shuningdek