O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
eʼlon qilindi
Hujjatni Ulug‘bek Lapasov va Mohamed Dualeh imzoladi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Tegishli hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va uning jibutilik hamkasbi Mohamed Dualeh imzoladi.
Jibuti – Sharqiy Afrikada joylashgan davlat. Mamlakat aholisi qariyb 976 ming kishini tashkil qiladi. 2018 yilda Jibuti yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga 2 ming dollardan sal ko‘proqni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil yanvarida O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgani haqida yozgan edi.