«O‘zmetkombinat» yaqin orada aksiyalarni ommaviy joylashtirish (FPO) to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy direktori Tatyana Budey «Kursiv»ga ma’lum qildi.
«Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha yakuniy qaror jamiyatning boshqaruv organlarining vakolatiga kiradi. May oyida qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Bu masala murakkab va o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Biz muvozanatli qaror qabul qilishini kutamiz», dedi Tatyana Budey.
«O‘zmetkombinat» o‘tgan yili qog‘ozlarni joylashtirishni rejalashtirgan edi. Biroq O‘zR fond bozoridagi sharoitlar bunga imkon bermadi.
«O‘zmetkombinat» respublikadagi yirik qora metallurgiya korxonasidir. Ilgari kompaniya O‘zR fond bozoriga 50 mlrd so‘mlik obligatsiyalar chiqarish bilan kirgan edi (aylanma muddati 2023-yil iyun oyida tugagan). Korxonaning oddiy va imtiyozli aksiyalari ham birjada sotiladi.
Avvalroq «Kursiv» mutaxassislardan kompaniya qimmatli qog‘ozlari narxi nima uchun bu yil tushib ketayotganini so‘ragan edi. Sabablar qatorida ular O‘zbekiston fond bozorining likvidligi pastligi, shuningdek, salbiy yangiliklar foni. Ammo o‘rta muddatli istiqbolda AJ aksiyalari joriy investitsion siklning yakunlanishi, barqaror biznes modeli va boshqa emitentlarga nisbatan faoliyatning eng yuqori shaffofligi tufayli bozorda eng jozibador hisoblanadi.