Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmagani haqidagi xabarlarni rad etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Avvalroq bunday xabarlar internetda tarqalgan edi
Rasm: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

O‘zR Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ilgari bunday xabarlar internetda tarqalgan edi. Ayrim ommaviy axborot vositalari Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolariga «xavfsizlikni ta’minlash uchun» «Crocus City Hall»dagi teraktdan soʻng Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlana boshlagani haqida yozishgan.

Vakolatxona Moskva shahridagi «Vnukovo», «Sheremetyevo» va «Domodedovo» aeroportlari xodimlari bilan muzokaralar olib borgani va OʻzR fuqarolarining nazorat-o‘tkazish punktlaridan oʻtishda Rossiya Federatsiyasiga kirishida hech qanday muammo yoʻqligi aniqlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, hibsga olinganlar ham qayd etilmagan.

«Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki», «Mashtakovo», «Sagarchin» bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv» Tojikistonning 600 dan ortiq fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek