Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Harorat +25° gacha ko'tarilishi mumkin
Foto: Piqsels

Toshkentda 3-may, juma kunining ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Poytaxtda oʻrtacha kunlik havo harorati +23…+25°, shamol kuchi 3-8 m/s boʻladi.

Toshkent shahri atmosferasida PM2,5 (chang, asfalt zarralari) miqdori normadan 3,7 baravarga oshdi.

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida ham yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. Mamlakatda havo harorati +20…+25° gacha, tog‘li hududlarda +13…+18° gacha isishi mumkin.

Tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin, sel va qor ko‘chkisi xavfi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» 1 — 8-may kunlari Toshkent viloyatida qor koʻchkisi xavfi borligi haqida yozgan edi.

Shuningdek