Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
eʼlon qilindi
Ular 3-maydan 5-mayga qadar ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi

3 – 5-may kunlari Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar berdi «Oʻztemiryoʻlyulovchi».
Yo‘lovchilar tezyurar Afrosiyob poyezdida tashiladi. Toshkentdan Samarqandga (775-yo‘nalish) poyezd soat 11:11 da jo‘nab, 13:26 da manziliga yetib boradi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda (775-yo‘nalish) poyezdning jo‘nash vaqti 13:51, yetib kelish vaqti 16:05 ga belgilangan.
Avvalroq «Kursiv» Afrosiyob poyezdlari chiptalari qimmatlashgani haqida yozgan edi.