O‘zbekistonda endilikda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasini tezda o‘rnatish va uni elektr tarmoqlariga ulash mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Endilikda yuridik shaxslarga quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish uchun ruxsat olish osonroq bo‘ladi. Tarmoqqa ulanish jarayoni bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda beriladi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zenergoinspeksiya» barcha tartib-qoidalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ish olib boradi.
Avvalroq «Kursiv» hozirgi kunda O‘zRda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari soni 200 ga yaqin ekanligini yozgan edi. Bunday avtomobillarning butun yo‘lovchi transporti parkidagi ulushi 1,3 foiznini tashkil qiladi.