Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogida kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiyada o‘yinlarida «C» guruhidan joy oldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Futbolchilarimiz guruh bosqichida Ispaniya (24-iyul), Misr (27-iyul) va Dominikan Respublikasi (30-iyul) bilan bahs olib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bungacha jamoa Indoneziyani mag‘lub etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.