Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan «Tepe Sigeman 2024» turniri g‘olibi bo‘ldi
Jahonning eng kuchli shaxmatchilarini o‘ziga jalb qilgan «Tepe Sigeman – 2024» turniri Shvetsiyada 27-apreldan 3-maygacha bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Tepe Sigeman» matbuot xizmati.
Bu shaxmat turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.
2024-yilning 3-mayida yettita turdan so‘ng uchta o‘yinchi 4½ ochko bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi: Abdusattorov, hindistonlik Arjun Erigaysi va rossiyalik Petr Svidler. Turnir reglamentiga ko‘ra, taybreyk o‘tkazildi. Taybreykning birinchi raundida shunday natijalar qayd etildi: Yerigaisi – Abdusattorov ½-½, Abdusattorov – Svidler 1:0, Svidler – Yerigaisi 0:1.
Bu Abdusattorov va Yerigasi o‘rtasidagi yakuniy taybrekga olib keldi. Pley-offning birinchi o‘yinida durang natija qayd etgan yurtdoshimiz ikkinchi o‘yinda qora donalarda o‘ynab, turnir g‘olibiga aylandi.
Avvalroq «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingida yuqoriga ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.