Toshkentda Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi birinchi data-markazi qurmoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kompaniya O‘zbekistonga $5 mlrd sarmoya kiritmoqchi
Rasm: Raqamli texnogoliyalar vazirligi

Yangi ma’lumotlar markazi 10 MVt quvvatga ega boʻlib, IT-park hududida joylashadi. U barcha rezidentlarini hisoblash quvvati bilan ta’minlaydi, deya xabar beradi OʻzR Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Loyihaga kiritilgan sarmoyalar $150 millionni tashkil etadi, ammo DataVolt 2030 yilgacha Oʻzbekistonga jami $5 mlrd sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya Yangi Toshkentda 25 gektar maydonda quvvati 250 MVt bo‘lgan Ma’lumotlar markazi qurmoqchi. Buxoro viloyatida 40 MVt quvvatga ega (250 MVtgacha kengaytirish imkoniyati bilan) yana bir inshoot paydo bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlar markazlari yashil energiyada ishlaydi. Investor loyihani o‘z mablag‘lari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan moliyalashtiradi.

Loyiha ishga tushirilgach, DataVolt yirik xorijiy IT-kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb etish va ma’lumotlar markazlari sig‘imini ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, OʻzRda yashil ma’lumotlar markazini qurish rejalari oʻtgan yili ma’lum boʻlgan edi. Keyin DataVolt bosh direktori Rajit Nanda «loyiha Oʻzbekiston iqtisodiyoti va aholisiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi va Oʻzbekistonni mintaqada raqamli yetakchiga aylantirishga yordam beradi», dedi.

Shuningdek