8–9-may kunlari Toshkentdan Qarshiga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
eʼlon qilindi
Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari" axborot xizmati xabar berdi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8–9-may kunlari 762/761-sonli «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yoʻnalishida qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, “Afrosiyob» elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli Toshkent — Qarshi yoʻnalishi
Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33
761-sonli Qarshi — Toshkent yoʻnalishi
Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20
Avvalroq «Kursiv» Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.