Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 8–9-may kunlari 762/761-sonli «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yoʻnalishida qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, “Afrosiyob» elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli Toshkent — Qarshi yoʻnalishi
Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33
761-sonli Qarshi — Toshkent yoʻnalishi
Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20
Avvalroq «Kursiv» Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar bergan edi.