«SNS Ratings» O‘zbekistonda qaysi banklar ijtimoiy tarmoqlarda faol foydalanishi va eng ko‘p obunachilariga egaligi haqida joriy yilning 30-aprel holatiga ko‘ra natijalarni e’lon qildi.
Telegram tarmog‘ida peshqadam «Uzum Bank» bo‘ldi, moliya tashkilotining obunachisi soni 58 861 tashkil qildi, biroq bir oy ichida 4 280 obunachi Telegram kanalni tark etgan.
Kuchli uchlikda «Agrobank» va «Ipoteka-bank» joy olishgan. «Agrobank»ning 47 187 nafar, «Ipoteka-bank»ning 46 996 nafar obunachilari bor.
Facebook tarmogʻida yetakchi «Orient Finans Bank» boʻldi. Bankning obunachilari 41 mingga yetdi. «Kapitalbank» va «Hamkorbank» uchlikka kirishdi. Reytingning eng past oʻrinlarda «Smart Bank» (4 obunachi), «Apex Bank» (54 obunachi) va «Ziraat Bank» (129 obunachi) egallashdi.
Instagramda eng faol «Orient Finans Bank» bo‘ldi. Obunachilari soni 162 ming, postlar soni 1 620, bir oyda 22 post e‘lon qilindi.
Reytingni quyi o‘rinlarida obunachilar bo‘yicha «Apex Bank» (752), postlar soni 12 ta. «Madad Invest Bank»da (439) postlar soni 65 ta.
YouTube’da esa TBC birinchi o‘rinda. Kanal 25 200 obunachiga ega. Bankning kanalida 223 ta video bor. Bir oy davomida 6 video e’lon qilinadi, ko‘rishlar soni 39 255.
Avvalroq «Kursiv» qaysi banklar so‘mda eng daromadli omonatlarni taklif qilishini e’lon qilgan edi.