Yangiliklar

Oʻzbekistonda toʻqimachilik bilan shugʻullanayotganlarga $12 million kredit ajratiladi

Tegishli farmon davlat rahbari tomonidan imzolandi
Foto: DmitryPoch / www.depositphotos.com

Oʻzbekistonda toʻqimachilik sohasida faoliyat olib boruvchilar uchun $12 million miqdorida bank kreditlari ochiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli faqmoni imzolandi.

Mablagʻlar Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlarini qayta ishlashga yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, respublikada tikuvchilik va toʻqimachilik korxonalariga $100 million mablagʻ ajratiladi, bu mablagʻning bir qismi sanoat binolari va suv tozalash inshootlari qurilishi uchun ixtisoslashtirilgan sanoat zonalari direksiyalariga yuboriladi. Qolgan mablag‘lar parda, sochiq va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, respublikaning Toshkent, Andijon, Buxoro va Namangan viloyatlarida loyiha, marketing va laboratoriya markazlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ularga xorijdan mutaxassislar jalb qilinadi.

Savdo markazi va Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan yengil sanoat mahsulotlari markazini ochish rejalashtirilgan. Buning uchun 30 gektar yer maydoni ajratiladi.

Eslatib oʻtamiz, yetti yil ichida mamlakatimizda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish toʻrt barobardan koʻproqqa oshdi. 2023-yilda Oʻzbekiston xorijga umumiy qiymati $3,1 milliardlik toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazib berdi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyaning «Yandex.Market» internet doʻkoni Oʻzbekistonda kiyim-kechak ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.