“Orient Finance Bank” sof foydasini 42,2 foizga oshirdi
Yagona korporativ ma’lumotlar portali xabariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida «Orient Finance Bank»ning sof foydasi yillik 42,2 foizga oʻsib, 191,9 milliard soʻmni tashkil qildi.
Bu davrda foiz daromadlari hajmi 316,2 mlrd soʻmdan 398,2 mlrd soʻmga oshgan. Foizsiz esa 117,5 mlrd soʻmdan 155,3 mlrd soʻmga koʻtarildi.
2024-yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, «Orient Finance Bank» Oʻzbekiston banklari faolligining reytingida yettinchi oʻrinni egalladi.
Ma’lumot uchun, «Orient Finance Bank» 2010-yilda tashkil etilgan boʻlib, muassasa 622,9 mingdan ortiq xususiy va 20,9 ming korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda moliya tashkilotining aktivlari 10,6 trillion soʻmga baholanmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-mart oylarida «Asakabank»ning foydasi 65,6 milliard soʻmga tushgani haqida xabar bergan edi.