2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 263 tonna sariyog‘ ishlab chiqarildi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 2,1 baravar ko‘pdir, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2025-yilgacha ayrim mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlari bekor qilingan. Ko‘rilgan chora mamlakatda inflyatsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda kungaboqar va o‘simlik moylarini eksport qilish tartibi yengillashgani haqida yozgan edi.