6-may, dushanba kuni soat 10:41 da Samarqand viloyatining Urgut tumanida 2-3 balli zilzila qayd etildi, deb xabar berdi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Yer silkinishlari 10 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Tayloq, Samarqand va Bulung‘ur tumanlarida zilzila kuchi ikki ballni tashkil etdi.
Yer silkinishini Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanlari aholisi ham his qilgan. Bu hududlarda zilzila kuchi ikki ballni tashkil qilgan.
Avvalroq «Kursiv» 5-may kuni O‘zbekistonning Namangan viloyatida zilzila qayd etilgani haqida yozgan edi.