Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari qancha turadi

eʼlon qilindi
Iqtisodiyot vazirligi poytaxtdagi savdo markazlaridan biridagi narxlarni o‘rgandi
Foto: Piqsels

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Food City» savdo markazidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rgandi.

Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, mol goʻshtining bir kilogrammi 60 – 70 ming soʻmdan, qoʻy goʻshti 65 – 70 ming soʻmdan sotilmoqda.

Bir kilogramm guruch 16 – 29 ming so‘m, kartoshka 3,4 ming so‘mdan 5 ming so‘mgacha bo‘ladi. «Food City»da piyoz 800 – 2 ming so‘mdan, sabzi 1,2-2,3 ming so‘mdan sotilmoqda.

Bodringni 6 – 13 ming so‘m va pomidorni 10 – 22 ming so‘mga sotib olish mumkin.

Meva haqida gapiradigan bo‘lsak, olma 8 – 22 ming so‘m, bananni 9 – 22 ming so‘m, kivini 15 – 25 ming so‘mga sotib olish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Ozarbayjon oziq-ovqat giganti Azersun O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek