Yangiliklar

Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Poytaxtda havo harorati +26…+28° bo‘ladi
Foto: Piqsels

Toshkentda 6-may, dushanba kuni havo harorati +26…+28° bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Poytaxt atmosferasidagi PM2,5 miqdori me’yordan 6,2 baravarga oshdi. PM2.5 – chang, asfalt va og‘ir metall birikmalarining mayda zarralari.

Oʻzbekistonda bugun oʻrtacha kunlik havo harorati +23…+28°, togʻli hududlarda +11…+16° boʻladi.

Togʻlarda ham yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor ko‘chkisi xavfi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» 1 – 8-may kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi haqida yozgan edi.