Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln soʻmdan mukofot puli beriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident farmoni imzolandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.

«Mamlakatimizda 9-may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni ezozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi» , deyiladi xabarda.

Mazkur farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek