Namanganlik bankir kassadagi pullarni o‘zlashtirib, kvartira va «Malibu» sotib oldi

eʼlon qilindi
U jami 1,5 milliard so‘mni qo‘lga kiritgan
Foto: Piqsels

Namangan viloyatida bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘limi xodimi mahalliy bank kassasidan 1,5 milliard so‘m pulni o‘zlashtirib oldi, deb xabar qildi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bu pulga bank xodimi Chust tumanidan uch xonali kvartira va «Malibu» rusumli avtomashina sotib oldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 2,8 million dollarlik gaz o‘g‘irlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek