Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida «giyohvandlikka qarshi immunitet»ni shakllantiriladi. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 – 2028-yillarda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyada koʻzda tutilgan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzurida Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etiladi.
Ta’lim muassasalarida yangi targʻibot, ma’rifiy va profilaktika dasturlari joriy etiladi.
Narkotik iste’mol qiluvchilarni sifatli davolash tizimi takomillashtiriladi, giyohvandlik profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiya ishlari takomillashtiriladi.
Dasturga koʻra, mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishining yangi shakllarini bartaraf etish boʻyicha kompleks tezkor-qidiruv, tergov va kriminalistika tadbirlari joriy etiladi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari va dorixonalarda giyohvandlik vositalaridan foydalanish ustidan nazorat oʻrnatiladi.
Bundan tashqari, Bosh vazir raisligida Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat boʻyicha davlat komissiyasi tuziladi. Komissiya strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni muvofiqlashtiradi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi Davlat komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi va uning axborot-tahliliy faoliyatini ta’minlaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Kursiv» Rossiya va Qozogʻistondan olib kelingan giyohvandlik moddalari poytaxt va Toshkent viloyatida musodara qilingani haqida xabar bergan edi.