O‘zbekistonda abituriyentlarga davlat grantlarini taqsimlash tizimi o‘zgaradi
Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun davlat grantlarini taqsimlash tizimi oʻzgartiriladi, chunki amaldagi tartib «raqobatni to‘liq ta’minlamayapti», deb xabar qildi O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Bu ma’lumot bir kun avval, davlat rahbariga ta’lim loyihalari taqdimotidan soʻng ma’lum boʻldi.
Endilikda test sinovlarida yuqori ball to‘plagan maktab bitiruvchilari tanlagan oliy o‘quv yurtidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiyanoma olishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari ta’lim muassasalari yaxshi natija ko‘rsatgan abituriyentlarni kvotalar tugaganligi sababli o‘qishga qabul qilishni rad etishlari mumkin edi.
«Ya’ni yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi», deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, endilikda davlat granti har yili yuqori natijalarga erishgan talabalarga taqsimlanadi. Ilgari u bir kishiga to‘rt yilga berilardi.
O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari bugungi kunda 306 ta bakalavriat va 625 ta magistratura yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda maktablarda bitiruv imtihonlarini topshirish tartibini modernizatsiya qilish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.