O‘zbekistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish narxi arzonlashdi

eʼlon qilindi
34 ming so'mgacha
Foto: welcomia/Depositphotos

Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha kamaytirildi. Bu 34 ming so‘mni tashkil qiladi.

Xuddi shunday pasaytirilgan stavkalar yarim tirkamalar, elektr transport vositalari va mototsikllarga ham tegishli.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida avtomobilni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im qariyb 68 barobar oshirilgan edi. Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari miqdori eski darajada qoldi – oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston chet el avtomobillarini vaqtincha olib kirish uchun yig‘im hisobini qayta ko‘rib chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek