Toshkent mozaikalarini Ilova orqali ko‘rish mumkin
eʼlon qilindi
Ilova «Toshkent mozaikalari» deb nomlandi
Toshkentda «Toshkent mozaikalari» mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu poytaxt binolarining mozaikalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
«Kaleydoskop» funksiyasi va kengaytirilgan haqiqat filtrlari «Toshkent mozaikalari»da mavjud. Bundan tashqari, ilovada 334 ta mozaika haqidagi fotosuratlar, manzillar va ma’lumotlar bor.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyi oxirida poytaxt va viloyatlardagi binolardagi mozaikalar Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» «Kosmonavtlar» metro bekati madaniy meros sifatida tan olingani haqida yozgan edi.