Toshkentda Huawei Experience Store do‘koni ochildi
6-may, dushanba kuni Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi Huawei Experience Store rasmiy do‘konini ochdi.
Savdo shoxobchasi kompaniyaning Toshkentdagi ofisida, Afrosiyob ko‘chasi 28/14-uyda joylashgan. Do‘kon yangilangan ko‘rgazma zalining bir qismi bo‘lib, unda kompaniya mahsulotlari – olib yuradigan elektronika, smartfonlar taqdim etiladi.
Ochilish marosimida «Huawei Uzbekistan» bosh direktori Chen Jiakay yangi do‘kon raqamli O‘zRni barpo etish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lishini aytdi.
«Huawei» kompaniyasi 1987-yilning kuzida tashkil etilgan. Kompaniya maishiy elektronika – smartfonlar, naushniklar, telekommunikatsiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaradi. 2023-yil oxirida kompaniyaning sof foydasi $12,3 milliardga yetdi, operatsion foyda $14,7 milliarddan oshdi.
Ta’kidlash joizki, korxona mamlakatimizda 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Avvalroq «Kursiv» joriy yil boshida «Huawei Tech4Good» global tanlovida O‘zbekistondan jamoa sovrindor bo‘lganini yozgan edi.