“Uz” domen hududida joylashgan 29 ta veb-sayt xakerlik hujumlariga uchradi

eʼlon qilindi
Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Foto: Gajus-Images / depositphotos.com

Joriy yilning boshidan buyon «Uz» domenidagi 29 ta veb-saytga 7 ta turli mamlakatdan buzish bilan shugʻullangan 11 ta xakerlik guruhlari aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishiga, xakerlik hujumlarining aksariyati ta’lim, davlat korxonalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, IT xizmatlari va ommaviy axborot vositalari kabi sohalarda uchragan.

Vaqtida tuzatilmagan zaifliklar sabab xakerlar ma’lumotlar bazasiga ega chiqishi oqibatida shaxsiy va boshqa konfidensial ma’lumotlarning tarqalib ketisgiga olib kelishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» OʻzRTXB domen nomlari boʻyicha onlayn savdoni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek