Xitoy Olimpiya sulhi tashabbusini qoʻllab-quvvatlamoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Xitoy raisi Fransiyada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Foto: Unsplash

2024-yilning yozida Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari davomida barcha jangovar harakatlarda sulh tuzish gʻoyasi Xitoy yetakchisi Si Szinpin tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Fransiyada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida malum qildi.

«Xitoy Fransiya bilan birgalikda Parijdagi Olimpiada oʻyinlari munosabati bilan musobaqa vaqtida oʻq otish va jangovar harakatlarni toʻxtatish tashabbusi bilan chiqish niyatida», dedi Si Szinpin.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoy rahbari bilan Olimpiya sulhi gʻoyasini muhokama qilish niyatida ekanligini malum qilgan edi.

Malumot uchun, Olimpiada oʻyinlari Parij shahrida 26-iyuldan 11-avgustga qadar boʻlib oʻtadi.

Avvalroq «Kursiv» Si Szinpin Falastin davlatini tashkil qilish tarafdori ekanini malum qilgan edi.

Shuningdek