Bozordagi vaziyat: neft narxi ikki oylik eng past darajaga qaytdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Benzin narxi ham pasaymoqda
Rasm: Saneg

Chorshanba kuni ertalab dunyoda neft narxi OPEK+ mamlakatlari neft ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi haqidagi ma’lumotlar fonida pasaymoqda, deb xabar bermoqda «Trading Economics» portali.

Shunday qilib, Brent neftining fyucherslari 0,89 foizga tushib ketdi, narxi bir barrel uchun $82,8 tashkil etdi. WTI 0,96 foizga tushib, $78 tashkil qildi. Bu oxirgi ikki oy uchun minimal narxdir.

Benzin narxi ham pasaymoqda.

Bir kun avval OPEK+ davlatlari vakillari 2024-yilning ikkinchi yarmida neft qazib olish siyosati to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun 1-iyun kuni yig‘ilishlari haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Mamlakatlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv yoz boshida tugaydi.

Birjada Caterpillar (1,91 foiz), Visa (1,11 foiz) va Meta (1,06 foiz) qimmatli qog‘ozlari narxi oshib bormoqda. Intel (-1,15 foiz) va Tesla (-1,08 foiz) aksiyalari qiymati pasaymoqda.

Avvalroq «Kursiv» dushanba kuni kumush va Apple aksiyalari narxi oshganligi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek