Chevrolet Lacetti uchun shartnomalar bir soatga yetmasdan tugadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
4500 shartnoma tuzildi
8-may kuni soat 10:41 holatiga ko‘ra Lacetti modeli avtomobili bo‘yicha 4500 shartnoma tuzildi, deb xabar beradi UzAutoMotors matbuot xizmati.
Hozirda Damas-2 D-2 Style Plus modeli uchun shartnomalar mavjud, biroq mashinani darhol olib ketish imkoni bo‘lmaydi. Xaridor o‘z navbatini kutishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish xizmatini ko‘rsatuvchi botlar va kanallar tarqalib ketgani haqida ogohlantirdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Kia K5 narxi oshgani haqida yozgan edi.