Bugun, 8-may kuni O‘zbekiston prezidenti Rossiya poytaxti Moskvaga keldi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbarini «Vnukovo» aeroportida rasmiy shaxslar, jumladan, Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov kutib oldi.
O‘zbekiston prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisida va Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligida ishtirok etadi. Shuningdek, tashrif dasturi bo‘yicha qator muhim uchrashuvlar o‘tkazadi.
Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarining holidan xabar olgani haqida fotoreportaj qilgan edi.