Yangiliklar

Netflix «Wednesday»ning ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlanganini e’lon qildi

Birinchi epizod rejissyori Tim Byorton bo'ladi
Foto: ShuOuma / BestHDWallpaper.com

Netflix striming xizmati «Wednesday» serialning ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlanganini e’lon qildi, deb xabar berdi Forbes.

Ikkinchi mavsumning birinchi epizodini taniqli kinorejissor va ssenariy muallifi Tim Byorton boshqaradi. Serialning yangi mavsumida Stiv Bushemi, Billi Payper, Joanna Lamli, Frensis O’Konnor, Jonas Suotamo va boshqa aktyorlar suratga tushadi.

«Wednesday» — Amerika qoʻrqinchli komediya seriali. Syujet g‘ayritabiiy kuchlarga ega Uensdey Addamsning voyaga yetishiga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» Kventin Tarantino «Kinotanqidchi» filmini suratga olish fikridan qaytgani haqida yozgan edi.