Yangiliklar

“O‘zagrosug‘urta”ning zarari 3,9 mlrd so‘mni tashkil qildi

2024-yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra
Rasm: «O‘zagrosug‘urta» Toshkentagi filiali

«O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasining birinchi chorakda ko‘rgan zarari 3,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Sug‘urtalovchi o‘tgan yilning yanvar-mart oylarini 1,4 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi. Joriy yilning birinchi choragida tushum 29,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan kamroq (deyarli 32 milliard).

«O‘zagrosug‘urta» 1997-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga yuzdan ortiq sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi. 2021-yilning yozidan boshlab sugʻurta kompaniyasi Uzinsurance brendi ostida xizmatlar koʻrsatib kelmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, kelgusi yilning birinchi choragiga qadar sug‘urtalovchining 94,5 foiz ulushi xalqaro bozorda ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-mart oylarida «Ohangaronsement»ning zarari qariyb 120 mlrd so‘mga oshgani haqida yozgan edi.