O‘zbekistonlik yosh bokschilar qit’a chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi
eʼlon qilindi
Ular 20 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Qozog‘istonda 18 yoshgacha va 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boks bo‘yicha qit’a birinchiligi yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
O‘zbekiston bokschilari jami 20 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan to‘rttasi oltin. Bundan tashqari, terma jamoa hisobida oltita kumush va o‘nta bronza medali bor.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida o‘zbek bokschilari «Great Silk Way» turnirida 16 ta medalni qo‘lga kiritgan.