Qanday qilib AQShda yashash uchun ruxsatnoma olsa bo‘ladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) butun dunyodan migrantlar va investorlarni jalb qilishda davom etmoqda. AQSh immigratsiya tizimi murakkab bo‘lib, eng yaxshi immigratsiya yo‘lini tanlash va soliq majburiyatlarini oldindan rejalashtirish uchun individual yondashuvni talab qiladi. Shu sababdan, Henley & Partners ma’lumotiga ko‘ra, investitsiya jalb qilish orqali AQShda yashash ruxsatnomasini olish mumkin bo‘ladi.
EB-5 investitsiya immigratsiya dasturi
EB-5 investitsiya dasturi investorlarga AQShda doimiy rezident identifikatsiya kartasi – green karta egasiga aylanish imkonini beradi.
Chet el fuqarosi AQShdagi har qanday investitsiya loyihasiga $1,05 mln yoki agar loyiha qishloq xo‘jaligi yoki ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlarda bo‘lsa, $800 ming miqdorida sarmoya kiritishi kerak. Shuningdek, 10 ta ish o‘rni yaratish zarur. Doimiy rezident maqomini olguncha (o‘rtacha 3 yil) investitsiya faoliyatini davom ettirish kerak bo‘ladi.
AQSh EB-5 investitsiya dasturining afzalliklari
Investor va uning turmush o‘rtog‘i va 21 yoshga to‘lmagan turmush qurmagan bolalari uchun AQShda doimiy rezidentlik guvohnomasini olish imkoniyati beriladi.
AQShda ishlash uchun ruxsatnoma va vizasiz kirish mumkin bo‘ladi.
EB-5 dasturi bo‘yicha AQShda yashash uchun ruxsatnoma olishga 2,5-3 yil kerak bo‘ladi.
Muvaffaqiyatli nomzodlar ikki yilga vaqtinchalik green karta oladilar. Agar ushbu muddatdan keyin nomzod dasturning barcha shartlariga javob bersa, karta doimiy bo‘ladi. Green kartani saqlab qolish uchun doimiy rezidentlar AQShda yiliga kamida 180 kun yashashlari va mamlakat bilan ijtimoiy aloqalarni saqlab turishlari kerak.
Dasturda ishtirok etish uchun yosh, til yoki biznes tajribasi talab etilmaydi. Shu bilan birga, arizachining sof boyligi $1 milliondan ortiq bo‘lishi kerak, shuningdek, mablag‘lar manbasini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak.
Yashash uchun ruxsatnoma (vaqtinchalik green karta) olingan kundan boshlab besh yillik qonuniy yashashdan keyin rezident AQSh fuqaroligi va pasportini olish uchun ariza berishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Amerikaning Oʻzbekiston elchixonasi Meksika bilan chegara orqali AQShga noqonuniy kirgan OʻzR fuqarolarining Amerikadan chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edi.