Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarining holidan xabar oldi — foto

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy harbiy klinik gospitalida davolanayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mirziyoyev shifoxonada davolanayotgan urush faxriylari bilan suhbatlashdi.

«Islohotlar natijasi eng quyiga, har bir xonadonga kirib borishini istaymiz. Rejalarimiz ham katta. Hamma jipslashsa, birgalikda harakat qilsa, oʻylagan niyatlarimizga tezroq yetishamiz. Sizdek nuroniylarning duolari bunda bizga madadkor boʻladi. Sizlarning hayotingiz iroda, jasorat maktabi, gaplaringiz yoshlarga ibrat», dedi davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda mamlakatimizda 174 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilgan. Joriy yilda ularning har biriga 20 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Oʻtgan yili mukofotlar miqdori 18 million soʻmni, 2022-yilda esa 15 million soʻmni tashkil etgan.

Avvalroq «Kursiv» davlat rahbari «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gul qoʻygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek