Toshkent metropolitenida ayol mashinistlar ish boshlaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xotin-qizlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilindi
Foto: Transport vazirligi

Toshkent metropolitenida xotin-qizlar elektropoyezd mashinistligi boʻyicha ish boshlaydi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektropoyezd mashinistligida ishlash xohishi boʻlgan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan maxsus oʻquv kurslari boshlangan.

Hozirgi kunda kursantlarga mutaxassis xodimlar tomonidan nazariy bilimlar berilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston ayollariga avtobus va yuk mashinalarini boshqarishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek