Yangiliklar

O‘zbekiston qamoqxonalarida onlayn uchrashuv xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Loyihaga «Inm International» jalb etilishi rejalashtirilgan
Foto: Sergey Nikolayev / TASS

Vazirlar Mahkamasining jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlar uchun DXSh asosida masofaviy videokonferens-aloqa xizmatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Eksperiment doirasida 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-fevralgacha IIV Jazolarni ijro etish departamentiga qarashli 7-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahkumlar bilan ularning yaqin qarindoshlari uchun masofaviy videomuloqot tashkil etildi. Buning uchun «Inm International» MChJ tomonidan taqdim etilgan Prisonline deb nomlangan xavfsiz videomuloqot uchun zamonaviy axborot texnologiyalari foydalandi.

Endilikda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi barcha jazoni ijro etish joylarida bunday tizimlarni tashkil etish va «Inm International» bilan davlat-xususiy sheriklik doirasida 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma rejalashtirilmoqda.