Yangiliklar

Tolibon davlat idoralari elektr energiya uchun 20,8 million dollar qarz bo‘ldi

Afg‘oniston hukumati O‘zbekistonga energiya yetkazib berish uchun 86,9 million dollar to‘lagan
Foto: «АР»

Yil davomida Afg‘onistondagi davlat idoralari elektr energiyasi uchun 20,8 million dollar qarz bo‘lgan. Bu haqda Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasining operatsion direktori Abdul-Rahmon Rahmoniy ma’lum qildi.

Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston hukumati energiya ta’minoti uchun Oʻzbekistonga 86,9 million dollar, Tojikistonga 66,1 million dollar, Turkmanistonga 36,8 million dollar, Eronga 37,7 million dollar toʻlagan.

Shuningdek, u Tolibon import energiyaga qaramlikdan chiqish uchun 5 yillik reja ishlab chiqqanini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari o‘rtasida 44 million dollarlik shartnomalar imzolangani xabar qilingandi.